$
 12042.49
-18.06
 14147.52
-35.69
 160.55
-0.77
weather
+26
Кечаси   +14°

Ta’limdagi shok raqamlar: Qaysi davlatlar bolalar uchun eng ko‘p pul sarflayapti?

edu

Bugungi kunda har bir davlatda o‘quvchi uchun ajratiladigan pul miqdori keskin farq qiladi. Ba’zi davlatlar bir bola uchun yiliga o‘n minglab dollar sarflasa, boshqalarda bu ko‘rsatkich bir necha ming dollar bilan cheklanadi. Bu esa maktab sifati, o‘qituvchilar maoshi, texnologiyalar va hatto bolalarning kelajagiga ham ta’sir qiladi. 

Xo‘sh, qaysi davlatlar eng kam pul sarflayapti?

Eng ko‘p pul sarflayotgan davlatlar

Reytingda birinchi o‘rinda Lyuksemburg turibdi. U yerda har bir o‘quvchi uchun yiliga 31 439 dollar sarflanadi. Bu ikkinchi o‘rindagi Norvegiyadan deyarli 9 ming dollarga ko‘p. Norvegiyada esa bu ko‘rsatkich 22 558 dollar. Keyingi o‘rinlarda Avstriya (20 942), AQSh (20 387) va Janubiy Koreya (19 805) joylashgan.

Daniya (19 229), Niderlandiya (19 186), Buyuk Britaniya (19 072), Belgiya (19 024), Kanada (18 733) va Islandiya (18 707) ham yuqori o‘rinlarda. Germaniya 17 960, Shvetsiya 17 804, Avstraliya 17 529 dollar sarflaydi. Irlandiya 15 915, Fransiya 15 427 bilan o‘rtachaga yaqin turadi. Bu davlatlarning aksari Yevropa va Shimoliy Amerikada joylashgan va ular ta’limga katta mablag‘ ajratishi bilan ajralib turadi.

O‘rtacha ko‘rsatkichlar

OECD davlatlari bo‘yicha o‘rtacha xarajat bir o‘quvchi uchun 15 023 dollarni tashkil qiladi. Lekin bu o‘rtacha raqam hamma davlatlar uchun bir xil emas. Masalan, Finlyandiya 15 000 dollar sarflaydi. Sloveniya 14 454, Yaponiya 14 130, Italiya 13 750, Ispaniya 13 385 va Portugaliya 12 956 dollar bilan o‘rtachadan pastda.

Isroil 12 877, Chexiya 12 844, Yangi Zelandiya 12 389, Estoniya 12 362 dollar sarflaydi. Polsha (11 488), Litva (11 313), Slovakiya (11 259) va Vengriya (10 097) ham pastroq ko‘rsatkichga ega. Bu hatto rivojlangan davlatlar orasida ham ta’limga ajratiladigan mablag‘ bir xil emasligini ko‘rsatadi.

Eng kam sarflayotgan davlatlar

Ro‘yxatning pastki qismida ta’limga ancha kam mablag‘ ajratadigan davlatlar joylashgan. Unga ko‘ra, Latviya 9 204, Xorvatiya 9 033, Bolgariya 8 703, Chili 8 068 esa dollar sarflaydi. Ruminiya 7 221 va Gretsiya 7 137 dollar bilan undan ham pastda.

Turkiyada bu ko‘rsatkich 5 305, Xitoyda 5 161 dollarni tashkil qiladi. Janubiy Afrika har bir bola uchun 4 395 dollar, Meksika esa 4 066 dollar sarflaydi. Eng pastki o‘rinda esa Peru turibdi. U yerda bir o‘quvchi uchun atigi 2 612 dollar ajratiladi.

Теги :
Jamiyat