$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Chigirtkalar bosqini katta talofatlar olib keladimi?

chigirtka bosqini

Romitan tumanidan kesib o‘tuvchi A-380 Buxoro—Xorazm avtomobil yo‘lining Gazli shaharchasiga yaqin qismida zararkunandalar ko‘paygani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ular cho‘l o‘simliklarini yeb bitirayotgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha, rasmiylar qishloq xo‘jaligi va infratuzilmaga zarar yetkazmasligi uchun chigirtkalarga qarshi kurash choralarini ko‘rmoqda.

Prognozlar to‘g‘ri chiqdi

Ekologiya vaziri maslahatchisi, jamoatchilik faoli Rasul Kusherbayevning yozishicha, chigirtka bosqini bilan bog‘liq tabiiy ofat bo‘lishi haqida yaqindagi iqlimshunos Erkin Abdulaxatov aytib o‘tgandi.

“Afsuski prognozlar to‘g‘ri chiqmoqda. Agar hukumat va mahalliy hokimiylar olimlar, shu jumladan, iqlimshunoslarni eshitmaslikda davom etsa oldinda kutib turgan bu kabi ofatlar O‘zbekiston uchun katta talofatlar olib kelishi mumkin. Olimlarga quloq tutishni boshlash kerak”, — deydi Kusherbayev.

Toshkent viloyati ham xavf ostidami?

Toshkent viloyatiga qo‘shni Qozog‘istonning janubiy viloyati Turkistonda ham chigirtkalar to‘dalari haddan tashqari ko‘payib ketgan. Qozog‘iston hukumati portaliga ko‘ra, mamlakat janubi Turkiston viloyatida qayta ishlangan 260 ming gektardan tashqari yana 50 ming gektardan ortiqroq tarqalish hududlari aniqlangan.