$
 11949.03
-52.91
 13921.81
-52.05
 166.28
-0.39
weather
+26
Кечаси   +14°

Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavfi bormi?

Ebola

Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusining O‘zbekistonda tarqalish xavf past. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xabar berdi.

Qanday yuqadi?

Ebola virusi infeksiyasi jiddiy kasallik bo‘lib, ayniqsa Afrika qit’asida tez-tez uchraydi. Bu virus kasallangan hayvonlarning qon, najas, siydik, ter, so‘lagi va boshqa tana suyuqliklari orqali yuqishi mumkin. Ebola virusi infeksiyasini davolashning o‘ziga xos usuli yo‘q, infeksiyalangan odamlarni davolash esa simptomatik terapiya bilan amalga oshiriladi. Joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallanish 263 ta tasdiqlangan holatlar qayd etilgan. Kongo Demokratik Respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda.

JSST Ebola global pandemiya chaqirish ehtimoli past deb baholamoqda. Shuningdek, ushbu kasallikning O‘zbekistonda tarqalishi xavf past hisoblanadi.

“Kasallikni mamlakatimizga kirib kelishini oldini olish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan davlat chegaralarida kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvi olib borilmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror”, deyiladi xabarda.

Shu o‘rinda fuqarolardan Ebola virusi faol tarqalgan mamlakatlar va mintaqalarga sayohat qilmaslik so‘raladi.

Xavfsizlik choralari

Ebola virusi kasallangan odam yoki hayvonning biologik suyuqliklari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot orqali yuqadi. Shu sababli quyidagi tavsiyalarga amal qilish so‘raladi:

  • yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilishdan saqlanish zarur: primatlar (maymunlar, shimpanzelar) va ko‘rshapalaklar yashaydigan joylarga bormaslik kerak;
  • ekzotik taomlardan saqlanish lozim: yovvoyi hayvonlarning go‘shti yoki xom ovqatlarni yemaslik kerak;
  • kasal odamlardan – nafas olish yo‘llarida shamollash alomatlari, isitma, toshma yoki qon ketish belgilari bo‘lgan odamlardan xavfsiz masofani saqlash lozim;
  • qo‘llarni iloji boricha tez-tez sovun bilan yuvish yoki dezinfektsiyalovchi vositadan foydalanish darkor;
  • faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv ichish kerak;
  • endemik hududdan qaytgandan keyin 21 kun davomida sog‘liqni diqqat bilan kuzatib borish lozim (bu standart inkubatsiya davri);
  • agar isitma, holsizlik, qusish yoki diareya paydo bo‘lsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

Shuningdek, yaqinda epidemiya xavfi bor hududga sayohat qilganlardan shifokorga xabar berish so‘raladi.

Теги :
Jamiyat