Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Oʻzbekiston ham bolalari toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar roʻyxatiga kiritildi

Ushbu roʻyxatda Tojikiston, Qirgʻiziston hamda Turkmaniston Respublikalari eng yuqori, oʻrtacha va eng past oʻrinlarni qayd etgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Oʻzbekiston ham bolalari toʻyib ovqatlanmaydigan davlatlar roʻyxatiga kiritildi

Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish ratsioni koʻrsatkichi bilan aniqlanadi. U YuNISEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

Bolalari yetarlicha ovqatlanmaydigan davlatlar orasida Oʻzbekiston ham bor

YuNISEF tashkiloti yosh bolalarning yetarli miqdorda ovqatlanmasligi bilan bogʻliq masalalar tahliliga bagʻishlangan hisobotini e'lon qildi. Bunday muammoga ega mamlakatlar 63 ta boʻlib, ularning qatorida Oʻzbekiston ham bor.

Oziq-ovqat xavfsizligi qanday aniqlanadi

Bolalarning oziq-ovqat xavfsizligi ovqatlanish ratsioni koʻrsatkichi bilan aniqlanadi. U YuNISEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan. Sogʻlom oʻsish va rivojlanish uchun bolalar 8 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarning kamida 5 tasini iste'mol qilishi lozim:

1. Koʻkrak suti;

2. Don mahsulotlari, ildiz mevalilar, rezavorlar, tropik mevalar;

3. Dukkaklilar, yongʻoq va urugʻlar;

4. Sut mahsulotlari;

5. Goʻsht mahsulotlari (jumladan, parranda va baliq);

6. Tuxum;

7. A vitaminiga boy meva va sabzavotlar;

8. Boshqa meva va sabzavotlar.

Agar bolalar:

- 2 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste'mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bogʻliq oʻta qashshoq ahvolda yashaydi;

- 3-4 ta guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste'mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bogʻliq moʻtadil ahvolda yashaydi;

- 5 va undan ortiq guruhga kiruvchi mahsulotlarni iste'mol qilsa, ular ovqatlanish bilan bogʻliq qashshoq ahvolga tushmagan hisoblanadi.

Toʻyib ovqatlanmaslik boʻyicha darajasi eng yuqori eng past davlatlar

YuNISEF roʻyxatiga 63 ta davlat kiritilgan boʻlib, Somali, Gvineya, Afgʻoniston, Efiopiya, Hindiston, Pokiston, Senegal, Tojikiston kabi mamlakatlar yuqori oʻrinlarda qayd etilgan.

Oʻzbekiston bolalarning toʻyib ovqatlanmaslik darajasi oʻrtacha boʻlgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu guruhda Armaniston, Qirgʻiziston, Misr va Xitoy kabi mamlakatlar bor.

Toʻyib ovqatlanmaslik darajasi past boʻlgan mamlakatlar qatoriga Belarus, Serbiya, Kosta-Rika, Peru, Turkmaniston va boshqalar kiritilgan.

Ovqatlanish bilan bogʻliq qashshoqlikka 3 asosiy sabab

Tadqiqotchilarning qayd qilishicha, bolalarning ovqatlanish bilan bogʻliq qashshoq ahvolga tushib qolishining 3 ta asosiy sababi bor: noqulay oziq-ovqat muhiti, notoʻgʻri ovqatlanish amaliyoti va oila daromadining pastligi.