$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

DXXda “qizil qor yog‘di”: Abdusalom Azizov o‘rniga ikki kun avval vazir etib tayinlangan Qurbonov keldi

DXX

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi hamda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti, general-leytenant Abdusalom Azizov DXX raisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov egalladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Abdusalom Azizov haqida

Joriy yilda o‘zining 64 yoshini qarshilagan Abdusalom Azizov ushbu lavozimda 5-yildan buyon faoliyat o‘tkazib kelayotgandi. Abdusalom Azizovning faoliyat yo‘liga tashlar ekanmiz, u 2005–2006-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006–2006-yillarda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi raisi, 2006–2008-yillarda “O‘zneftmahsulot” raisi, 2008–2009-yillarda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti, 2009–2017-yillarda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. Azizov 2017-yil yanvar–sentyabr oylarida ichki ishlar vaziri, 2017-yil sentyabrdan 2019-yil fevralgacha mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2019-yil 14 yanvar kuni general-leytenant harbiy unvonini olgach, bir oy o‘tib Ixtiyor Abdullayev o‘rniga DXX raisi etib tayinlanadi. 

Futbol ichidagi faoliyat

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining endilikdagi sobiq raisi 2019-yilning 15-iyulida O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylangan edi. U 2018-yil yanvaridan buyon rasman O‘FA rahbari lavozimini egallab kelgan Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov o‘rnini egallagan. 2021-yilning 25 sentyabrig kelib, O‘FAning navbatdagi hisobot-saylov kongressida Azizov qayta o‘z lavozimiga saylangan edi. 

Yangi Mudofaa vaziri ham tayinlandi

Oradan birmuncha vaqt o‘tib, Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Mudofaa vaziri etib tayinlandi. 2021-yil 23-martda Prezident farmoni bilan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berilgan. U Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan. Shuningdek, Xolmuhammedov Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari, Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari kabi lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. 2016-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

O‘zgarishlarning ehtimoliy sababi

DXX raisi iste’fosining rasmiy sababi hozircha ma’lum emas. Biroq turli qarashlar mavjud. Manbalar xavfsizlik xizmati rahbarining ishdan olinishini shu yilning 26-oktyabr kuni Qibray tumanida prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga bog‘liq bo‘lishi mumkunligini ta’kidlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, bundan bir kun avval hukumat, DXX va IIVning qator yuqori martabali mulozimlari tergovga to‘sqinlik qilgani uchun lavozimidan chetlatilgan.

Bahodir Qurbonov haqida

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Azizovning o‘rni sovib ulgurmay O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida ishlab kelgan general-leytenant Bahodir Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Qurbonov ayni dam 55 yoshda va u ham besh yildan buyon O‘zbekiston Mudofaa vazirligini boshqarib kelmoqda. DXXning endilikdagi yangi raisi uch kun oldin Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan, hukumatning boshqa barcha a’zolari qatori, vazir lavozimiga ma’qullangan edi. Bahodir Nizamovich Qurbonov 2015-2018-yillarda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlagan, 2018-yil fevralida unga general-mayor harbiy unvoni berilib, Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan. 2019-yil fevralida esa u O‘zbekiston mudofaa vaziri sifatida ish boshlagan. 2021-yil 14-yanvarda mudofaa vaziriga general-leytenant harbiy unvoni berilgan.

Теги :
Jamiyat