$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Dunyo sadolari” festivaliga qancha mablag‘ sarflandi?

dunyo sadolari

Andijon viloyatining Xonobod shahrida 29-31-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivaliga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. Bu haqda viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir mehmonlari

Tadbirda O‘zbekiston va dunyo estradasi yulduzlari, xususan, Ozodbek Nazarbekov, Yulduz Usmonova, Rayhon G‘aniyeva, Hamdam Sobirov, qozog‘istonlik Jah Khalib, Jony, dunyoga mashhur ruminiyalik xonanda Inna ishtirok etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu festivalga jahon yulduzlari tashrif buyurishi keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Shuningdek, jurnalistlarning “Dunyo sadolari” festivaliga kiritilmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi. Muslimbek Ibrohimov buni rad etib, barcha jurnalist va OAV vakillar kiritilishini tashkil qilganini ma’lum qildi.

Xonoboddagi tadbirkorlik subyektlarining daromadi oshdi

Andijon viloyat hokimligi bergan axborotga ko‘ra, ushbu xalqaro tadbir aholi uchun samarali tomonlama yirik iqtisodiy o‘zgarishlarni ham yasadi. Qayd etilishicha, festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 million nafar) ortdi. Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024-yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard so‘mni tashkil qilgan bo‘lib, (shundan 29—31-iyul kunlari 8,5 milliard so‘mga yetgan) o‘tgan yilning mos davrida nisbatan ikki barobarga ko‘p.

“Bu ko‘rsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlari va aholi daromadi oshganligini ko‘rsatmoqda”, – deyiladi xabarda. 

Savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar soni o‘tgan 2023-yilda 48 tani tashkil etgan bo‘lsa. 2024-yildagi xalqaro tadbir davomida doimiy faoliyat olib boruvchi tadbirkorlik faoliyatlari soni 230 taga ko‘payib, qariyb besh barobarga ortdi.

Mehmonlarga xizmat ko‘rsatuvchi dala hovli va uy mehmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan bo‘lsa 2024-yilda bu raqam 6 mingdan ortdi. Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan ta’minlash va kam daromadli fuqarolarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonadonlarda uy-mehmonxonalar tashkil etildi.

Теги :
Jamiyat