$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Xatarlar xaritasi-2025: Kelasi yil qaysi davlatlarga borish tavsiya qilinmaydi?

Xarita

Safeture kompaniyasi “Xatarlar xaritasi-2025” reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Krasnaya vesna” axborot agentligi xabar bermoqda.

80 mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yanada yomonlashdi

Unga ko‘ra, dunyoning qariyb 80 mamlakatida xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yanada yomonlashdi. Mutaxassislar ilgari barqaror sanalgan ayrim hududlarda ham iqlimiy va siyosiy mummolar sababli xatarli holat yuzaga kelganini ta’kidlab, u tomonlarga bormaslikni tavsiya qilishmoqda.

“Xatarli mamlakatlar ro‘yxatidagi ba’zilari hech kim uchun “syurpriz” emas. Somali, Suriya, Sudan, Yaman, Ukraina “bir necha yillardan buyon eng xavfli mamlakatlar” hisoblanadi”, — deyiladi Safeture hisobotida.

“O‘ta xavfli” yo‘nalishlar

Kompaniya tahlilchilariga ko‘ra, 2024-yilda xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yomonlashgan 77 mamlakat orasida, ayniqsa, Yaqin Sharq (Isroil, G‘arbiy sohil, G‘azo sektori, Livan va Eron ko‘zda tutilmoqda) sayyohat uchun “o‘ta xavfli” yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Burkina-Faso, Liviya va Myanma “eng xavfli” mamlakatlar deya tasniflandi. 2024-yilda isyon va tartibsizliklar ortidan favqulodda vaziyat e’lon qilingan Yangi Kaledoniya ham ular qatoriga qo‘shildi.

Maldiv orollarida xavfsizlik holati “o‘rtacha” darajaga pasaydi

Shuningdek, dam olish uchun doim eng ommaviy yo‘nalishlardan sanalgan Maldiv orollarida xavfsizlik holati “o‘rtacha” darajaga pasaydi. Unga ko‘ra, mamlakatda siyosiy barqarorlik izdan chiqib, ijtimoiy ziddiyat va diniy ekstremizm kuchayib bormoqda. Qolaversa, iqlim o‘zgarishlari oqibatlari (suv toshqinlari va sohillarning yemirilishi) orolliklarga jiddiy xavf solmoqda.

“Xavflilik darajasi o‘rtachaga yaqin” mamlakatlar

Dunyoning eng tinch mintaqasi sanalgan Yevropada ham xavfsizlik darajasi pasaydi. Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya “xavflilik darajasi o‘rtachaga yaqin” mamlakatlar toifasiga kiritildi. Sayyohlar Italiya, Niderlandiya va Polshada siyosiy to‘lqinlar (namoyishlar) va ekologiya muammolari (suv toshqinlari va bo‘ronlar)ga duch kelishlari mumkin.

Eng xavfsiz hududlar qaysi?

Shunga qaramasdan, eng xavfsiz hududlar hamon Yevropada: Bern (Shveysariya) dunyoning xavfsiz shahri deya e’tirof etildi.

Eng xavfsiz shaharlar reytingi tepasida, shuningdek, Doha (Qatar), Melburn (Avstraliya), Monreal (Kanada), Maskat (O‘mon), Ottava (Kanada) va Seul (Janubiy Koreya) joylashgan.

Argentina, Armaniston, Bosniya va Gersegovina, Xitoy, Marokash va Kubada xavfsizlik bo‘yicha vaziyat yaxshilanib, “xavflilik darajasi o‘rtachaga yaqin” mamlakatlar sifatida toifalandi.

Теги :
Jamiyat