$
 12924.92
-13.09
 14620.67
-52.33
 159.94
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbek dublyaj san’ati darg‘asi To‘lqin Tojiyev vafot etdi

To‘lqin Tojiyev

O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkori, o‘zbek dublyaj san’ati vakili, O‘zbekiston xalq artisti To‘lqin Tojiyev 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbek Milliy Akademik drama teatri ma’lum qildi.

 Marhum haqida

To‘lqin Tojiyev 1936-yil 13-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. 1959-yili A.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatib, Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatriga ishga kiradi. U "O‘zbekfilm" kinostudiyasida o‘zbekchaga o‘girilgan mingdan ortiq xorij filmiga ovoz bergan. 1988-yilda To‘lqin Tojiyevga O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 1997-yilda esa "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan.

To‘lqin Tojiyev dublyajda ovoz bergan filimlar

To‘lqin Tojiyev quyidagi filmlardagi qahramonlarga dublyajda ovoz bergan:

  • "Qilich va qalqon" (SSSR filmi, 1960);
  • "Alvon yelkanlar" (SSSR filmi, 1962);
  • "Ahmed qayerda?" (Ozarbayjon filmi, 1963);
  • "Ayoz bobo" (SSSR filmi, 1964);
  • "I" operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari" (SSSR filmi, 1965);
  • "Arshin mol olon" (Ozarbayjon filmi, 1965);
  • "U zamonlar o‘tib ketdi" (Gruziya filmi, 1965);
  • "Avtomobildan saqlaning" (SSSR filmi, 1966);
  • "Alovuddinning sehrli chirog‘i" (SSSR filmi, 1967);
  • "Kavkaz asirasi" (SSSR filmi, 1967);
  • "Finist sarlochin" (SSSR filmi, 1967);
Теги :
Jamiyat