$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyatida ko‘p qavatli uy cho‘kdi(mi?)

cho

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi turar joy binosi cho‘kkani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi buni rad etdi.

Holat aslida Namanganda sodir bo‘lgan

Ma’lum qilinishicha, shunday deb talqin qilingan videodagi holat aslida Namangan viloyatida aniqlangan. Holat viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Aniqlanishicha, mazkur holatga ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab bo‘lgan. Suv sizib chiqib, binoning ikki yon tomonida to‘planishi natijasida turar joy atrofidagi beton yo‘lak (otmoska)larda cho‘kish hosil bo‘lgan va granit plitalar binoning poydevoridan ko‘chgan.

Muammo bartaraf etilgan

Asosi va yerto‘la qismi o‘rganilganda esa yon va to‘suvchi devorlarda yorilish hamda pol qismida cho‘kish holatlari kuzatilmagan.

Quruvchi tomonidan muammo aniqlanishi bilan joyida binoning ikki yon tomon yo‘lagidagi cho‘kish holati bartaraf etilib, beton yo‘laklari qayta taʼmirlangan hamda sokol qismidagi poydevordan ko‘chgan granit plitalar joyiga o‘rnatilib, holat bartaraf etilgan.

Prezident Qarori

Esingizda bo‘lsa, joriy yilning 17-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda seysmik xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilingan edi.

Qarorga koʻra, O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgustdan xavflilik omili III—IV toifa bo‘lgan obyektlarni hududning zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalash va qurish tartibi joriy etildi.

Seysmik zaif binolar

Ayni paytda respublikada 42 mingga yaqin ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularning 30 795 tasi (73 foiz) 1991-yilgacha qurilgan, shundan 1 032 tasi instrumental texnik ko‘rikdan o‘tkazish talab etiladigan, 223 tasi seysmik zaif bino-inshootlar ekanligi aniqlangan.  

Теги :
Jamiyat