Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 95 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +14° kechasi +9°

Qalbaki dori tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Muddati o‘tgan va qalbaki dori vositalari savdosining oldi olindi.

1 daqiqa o‘qiladi

Qalbaki dori tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Qalbaki dori tayyorlovchilar qo‘lga olindi

Muddati o‘tgan va qalbaki dori vositalari savdosining oldi olindi.

3 yil avval muddati o‘tgan dorilar

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida mazkur shahar hududida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi "nexia" rusumli transport vositasi to‘xtagan vaqtida ushlanib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

2400 ga yaqin dori vositalari uchun yorliq va qutilar

Tekshirish natijasiga ko‘ra, 2400 ga yaqin tegishli hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarining qutisi, yorlig‘i va yo‘riqnomalari borligi aniqlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan shahrida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, 69 ta qutilarda jami 6900 dona sifati kafolatlanmagan va yaroqlilik muddati 2021-yilda tugagan dori vositalari hamda qalbaki dori ishlab chiqarish uchun tayyorlangan 240 dona yo‘riqnomalar, 3050 dona dori vositasining qutilari noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi.

Dorilarning umumiy qiymati 142 million so‘mni tashkil etgan.

Jinoyat ishi

Mazkur holat yuzasidan hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.