$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Kimlar dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron resepti asosida bepul olishi mumkin?

shifokor

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo‘yicha reimbursatsiya dasturi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga ko‘ra, dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron resept asosida bepul olish mumkin.

Xarajatlarni kim qoplaydi?

Reimbursatsiya (reimbursement) ingliz tilidan olingan bo‘lib, “xarajatlarni qoplash” ma’nosini anglatadi. Reimbursatsiya dasturida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari uchun dorixona xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi qoplaydi. 

Kimlarga bepul beriladi?

Quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron resepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega:

  • gipertoniya;
  • yurak ishemik kasalligi;
  • qandli diabetning ikkinchi turi; 
  • bronxial astma;
  • o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.

Dori vositalari Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi dorixonalarda beriladi.

Теги :
Jamiyat