$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi kasalliklarda inson a’zolari donorligiga ruxsat etilmaydi?

donor

Adliya vazirligi tomonidan Inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari donorligiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar ro‘yxati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Ro‘yxatda qanday kasalliklar bor?

Ro‘yxatda tirik donor uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar bo‘lagi hamda gematopoetik suyak ko‘migining o‘zak hujayralari transplantatsiyasiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar nazarda tutilgan kasalliklar bor.

Bunga OIV/OITS, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm, morbid semizlik, arterial gipertenziya II-III darajasi, surunkali buyrak kasalligi II-III-IV-V bosqichi, qandli diabet, ikki tomonlama siydik tosh kasalligi, xavfli o‘sma kasalliklari kabilar kiradi.

 Inson murdasi uchun transplantatsiya obyektlari

Shuningdek, inson murdasi uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar bo‘lagi, tomirlar (yirik tomirlar qismlari) va ko‘z shox pardasi hamda uning qismlari transplantatsiyasiga qarshi ko‘rsatma bo‘ladigan kasalliklar belgilangan.

Bular sirasiga OIV/OITS, tuberkulyoz, sepsis, zamburug‘li kasalliklar, TORCH infeksiyasi ((IgM pozitiv), o‘ta xavfli infeksion kasalliklar, xavfli o‘sma kasalliklari kabilar kiradi.

Теги :
Jamiyat