2027-yilda Oʻzbekistonda dollar kursi 15 000 soʻmgacha koʻtarilishi kutilmoqda
Ushbu oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar va sarmoyaviy muhitning yaxshilanishiga bogʻliq.
1 daqiqa o‘qiladi

S&P Global Ratings oʻzining rasmiy sahifasida Oʻzbekiston iqtisodiyoti haqidagi yangi hisobotni eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakatning kredit reytingi “Barqaror” deb baholandi. Shuningdek, dollar kursining kelgusi yillarda bosqichma-bosqich oʻsishi prognoz qilinmoqda.
2027-yil uchun prognozlar qanday?
Prognozlarga koʻra, 2024-yil oxirida dollar kursi 12 950 soʻmga yetsa, 2027-yilda 15 000 soʻmgacha koʻtarilishi kutilmoqda.
Prognozlar quyidagicha:
- 2024-yil oxirida: 12 950 soʻm;
- 2025-yilda: 13 650 soʻm;
- 2026-yilda: 14 300 soʻm;
- 2027-yilda: 15 000 soʻm.
S&P Global taʼkidlaganidek, ushbu oʻzgarishlar mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, tashqi iqtisodiy shart-sharoitlar va sarmoyaviy muhitning yaxshilanishiga bogʻliq.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,5% oʻsishi qayd etilgan. Shuningdek, mamlakat eksport salohiyati kuchayib, valyuta zahiralari barqaror darajada saqlanib turibdi.



