$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yil 1-choragi uchun ilmiy izlanuvchilikka 2 552 hujjat qabul qilindi

PhD

Innovatsion rivojlanish agentligi Ilm-fan va ta’lim integratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Asror Norovning ta’kidlashicha, olib borilgan tizimli islohotlar natijasida yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari soni 221 taga yetgan bo‘lib, unda 22 180 nafar izlanuvchi va stajyor tadqiqotchi faoliyat olib bormoqda. 

Qabul kvotalari va talabgorlarning soni

2025-yil uchun ajratilgan kvotalarga ko‘ra: 

- Stajyor-tadqiqotchilik uchun – 350 o‘rin, 

- Tayanch doktoranturaga – 4 139 o‘rin, 

- Doktoranturaga – 761 o‘rin. 

Mazkur kvotalarga jami 12 130 nafar talabgor hujjat topshirgan, shundan 6 545 tasi qabul qilingan, 5 585 tasi esa turli kamchiliklar sababli rad etilgan. 

Rad etish sabablari va muammolarni bartaraf etish

Hujjatlari rad etilgan talabgorlarning asosiy sabablari: 

- 32% (1 740 nafar) talabgorlarda xorijiy til sertifikati kechiktirilgan; 

- 49% (2 640 nafar) talabgorlarga qo‘shimcha imtihon muddati kerak; 

- 19% (1 020 nafar) talabgorlarda magistratura diplomlari hali qo‘lga kiritilmagan. 

Bu muammolarni hal etish maqsadida, Vaziriar Mahkamasi topshirig‘i bilan hujjat topshirish muddati 10-noyabrga, kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirildi. 

Qabul jarayonlarining so‘nggi natijalari

10-noyabrgacha jami 14 250 ta hujjat qabul qilinib, shundan: 

- 847 tasi stajyor-tadqiqotchilikka, 

- 6 087 tasi tayanch doktoranturaga, 

- 389 tasi doktoranturaga tegishli bo‘ldi. 

Bundan tashqari, 2025-yilning 1-choragi uchun mustaqil izlanuvchilik bo‘yicha 2 552 ta hujjat (DSc – 323, PhD – 2 229) qabul qilindi. 

Imtihon va suhbat jarayonlari davom etmoqda

Hozirda oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarida talabgorlar uchun imtihon va suhbat jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayon 30-noyabrga qadar davom etadi.