Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°

Cho‘ziluvchan va egiluvchan: Dunyodagi birinchi elastik displey taqdim etildi

Displey zamonaviy 8K ekran darajasidagi yuqori rang uzatish imkoniyatiga ega va katta piksellar zichligini saqlab qoladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Cho‘ziluvchan va egiluvchan: Dunyodagi birinchi elastik displey taqdim etildi

Janubiy Koreyada LG Display kompaniyasi tomonidan dunyodagi birinchi cho‘ziluvchi va egiluvchan displey taqdim etildi, deb yozmoqda PR Newswire nashri.

8K ekran darajasi

Ilg‘or texnologiya yordamida u 12 dan 18 dyuymgacha kengayishi va cho‘zilish, bukilish va burilish orqali turli shakllarga o‘tishi mumkin. Displey zamonaviy 8K ekran darajasidagi yuqori rang uzatish imkoniyatiga ega va katta piksellar zichligini saqlab qoladi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, 2022-yilda taqdim etilgan birinchi prototip bilan solishtirganda, yangi panelning maksimal cho‘zilish koeffitsiyenti 20 foizdan 50 foizgacha oshgan.

Ularni har qanday notekis joylarga o‘rnatish mumkin

Displeylar past va yuqori haroratlarga chidamli bo‘ladi. Shuningdek, ular yengilligi tufayli ularni har qanday notekis joylarga o‘rnatish mumkin.

Masalan, ushbu texnologiyani avtomobil paneli sifatida yoki yong‘in o‘chiruvchilarning formalariga o‘rnatish mumkin, bu esa real vaqt rejimida zaruriy ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Hozircha kompaniya yangi displeylar sotuvga qachon chiqishini ma’lum qilmagan. Ma’lum qilinishicha, avval ular sanoat tashkilotlari uchun taqdim etiladi.