$
 12168.98
40.96
 14588.17
169.17
 159.89
1.37
weather
+26
Кечаси   +14°

“Dubay” va “Turkiya brillianti” tushunchalari: Mutaxassis qanday izoh berdi?

Toshkentda Fonon zargarlik uyi tashabbusi bilan ayollar uchun qimmatbaho toshlarni to‘g‘ri tanlash va firibgarlikdan himoyalanish mavzusida bepul master-klass bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilariga xalqaro standartlarga ko‘ra toshlarning baholanish mezonlari, tabiiy va sun’iy toshlarni farqlash usullari o‘rgatildi.

Tadbir 17-yanvar kuni Fonon zargarlik uyi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ishtirokchilarga xalqaro standartlarga ko‘ra qimmatbaho toshlarning baholanish mezonlari, tabiiy va sun’iy toshlarni farqlash usullari hamda sertifikatlarning haqiqiyligini aniqlash texnikalari o‘rgatildi. 

Mashg‘ulot avvalida turkiyalik lyuks brendlar bo‘yicha konsultant Ekrem Sağel tomonidan maxsus prezentatsiya taqdim etildi. Unda qimmatbaho toshlarni xarid qilishda eng ko‘p uchraydigan xatolar va ularning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Xalqaro maydonda 30 yillik tajribaga ega Sağelning ta’kidlashicha, u qariyb 3 yildan buyon O‘zbekistonning turli hududlaridagi bozorlarni tadqiq qilish maqsadida aylanib chiqqan. Mutaxassis o‘rganish jarayonida olmos sifati, laboratoriya va tabiiy toshlar o‘rtasidagi farqlar hamda baholash shkalalari bo‘yicha sotuvchilarga savollar ham berib ko‘rgan. Ba’zan u bergan savollariga qoniqarli javob ololmagan holatlari ham uchragan.

Shuningdek, mutaxassis mahalliy bozorda ommalashgan “Dubay brillianti” va “Turkiya brillianti” kabi atamalar noto‘g‘ri talqin qilinishi haqida so‘z yuritdi. Sababi bu hududlarda olmos qazib olinmaydi. Shuning uchun, Dubay yoki Turkiya brillianti emas, shu yerda qayta ishlov berulgan brilliant modeli deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki, olmos dunyo bo‘yicha asosan Rossiya, Janubiy Afrika, Botsvana, Kanada va Angola hududlarida qazib olinadi. Bundan tashqari, Ekrem Sağel oltin sifati bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallashini ham qayd etdi.

Tadbirning amaliy qismi Fonon zargarlik uyi tijorat direktori, qimmatbaho toshlar va brilliant boyicha ekspert Bekzod Solixov boshchiligida tashkil etildi. Bekzod Solixovning ta’kidlashicha, xaridor zargarlik buyumining sertifikati aynan xarid qilinayotgan mahsulotga tegishli ekanligini mustaqil aniqlashi hamda mahsulot sifatini o‘zi tekshirishi ham mumkin.