$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Tramp migrantlarni deportatsiya qilishga armiyani jalb qilmoqchi

Trump

Newsweek xabariga ko’ra, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish uchun armiyani jalb qilmoqchi. Truth Social platformasida bildirilgan xabarga Siyosatchi o’zining munosabatini bildirgan.

Ommaviy deportatsiya

Donald Trampning yangi administratsiyasi mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga va ommaviy deportatsiya dasturi orqali Bayden hukumatining chegaradan o‘tkazish siyosatini to‘xtatish uchun harbiy resurslardan foydalanishga tayyor ekani bo’yicha ma’lumot bermoqda, dedi konservativ faol va sharhlovchi Tom Fitton.

Chegarani mustahkam va qudratli qilish

Donald Tramp avvalroq 7-noyabr kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida yanvar oyida lavozimga kirishganidan so‘ng uning birinchi ustuvor vazifalaridan biri chegarani “mustahkam va qudratli” qilish bo‘lishini ma’lum qildi. Ommaviy deportatsiyalar haqidagi saylovoldi va’dasi xususida so‘ralganda, Tramp ularni amalga oshirishdan boshqa iloji yo‘qligini ta’kidlagan edi. 

Jo Baydenga qarshi norozilik

Tramp uchun migratsiya siyosatini qat’iylashtirish saylovoldi kampaniyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan. U bir necha bor amaldagi AQSh Prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining haddan tashqari yumshoq siyosati AQSHni uchinchi dunyo davlatiga aylantirib qo‘yganini ta’kidlagan. Tramp o‘z nutqlarida muxojirlarga nisbatan qat’iyroq choralar ko‘rish va amaldagi migratsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqish zarurati haqida gapirgan.