$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

AQSh deportatsiyasida rekord: Ularning orasida 572 nafari o‘zbekistonliklar

Deport

2023-yil sentabridan 2024-yil sentabriga qadar AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) 192 mamlakatga 271 484 kishini deportatsiya qildi. Bu so‘nggi 10 yildagi eng yuqori ko’rsatkichdir. Ushbu davrda deport qilinganlarning 572 nafari o‘zbekistonlik.

6 yilda birinchi marta Xitoyga deportatsiya parvozi

Deportatsiyalar sonining ko‘payishi parvozlar, jumladan, dam olish kunlari uchish va Gvatemala, Gonduras va Salvador kabi mamlakatlarga migrantlarni qaytarishning oson tartiblari ortib borayotgani bilan bog‘liq. Olti yil ichida birinchi marta Xitoyga parvoz amalga oshirildi, shuningdek, Albaniya, Misr, Gruziya, Hindiston, Ruminiya, Tojikiston, O’zbekiston va boshqa mamlakatlarga deportatsiyalar tashkil etildi.

10 yillikdagi eng yuqori natija 2014-yilda qayd etilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagi, ya’ni 142 580 kishi chiqarib yuborilgan deportatsiyalar sonidan deyarli ikki baravar ko‘p. O’n yillikda maksimal ko’rsatkich 2014-yilda qayd etilgan – 315 943 kishi. Donald Trampning Oq Uydagi birinchi muddati davomida 2019-yilda eng ko‘p deportatsiya qilinganlar soni 267 258 nafarni tashkil qilgan.

Asosiy sabab – noqoqnuniy migratsiyaga qarshi kurash

ICE hisobotida ommaviy deportatsiyalar immigratsiya siyosatining boshqa jihatlari bilan bir qatorda noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashni kuchaytirishga va’da bergan Donald Tramp uchun qanday qilib katta moliyaviy va logistik muammo tug‘dirayotganini ta’kidlaydi.

Xuddi shu hisobotda qayd etilishicha, 2024-yilning noyabr oyida Meksikadan 46,612 nafar noqonuniy chegara kesib o‘tgan, bu oktabrdan 18 foizga va 2023-yilning eng yuqori ko‘rsatkichi bo‘lgan 250,000 holatlardan 80 foizga kam.

Tramp davrida bu yanada kuchayishi mumkin

Huquqbuzarliklarning kamayishi bir yil avval Meksikada immigratsiya siyosatining kuchaytirilgani va iyun oyida Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan boshpana berishga qoʻyilgan cheklovlar bilan bogʻliq. Noyabrdagi ko’rsatkich 2020 yil iyulidan beri eng past ko’rsatkich bo’ldi.

Shunday qilib, ma’lumotlar Qo’shma Shtatlarga migratsiya ustidan nazorat kuchayib borayotganini ta’kidlaydi, ekspertlar fikricha, yangi ma’muriyat davrida bu nazorat yanada qattiqlashishi mumkin.

O‘zbekistonliklarning deportatsiyasi 6,5 baravarga oshgan

2024-yilda AQSh hukumati 572 o‘zbekni deportatsiya qilgan bo‘lsa, bu o‘tgan yilga nisbatan 6,5 baravar ko‘p.

Unga ko‘ra, 2022 va 2021-yillarda deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni mos ravishda 21 va 55 kishini tashkil qilgan.

2023-yilda AQSh hukumati 17 ming o‘zbekning noqonuniy ravishda mamlakatga kirganini xabar qilgan. Umumiy hisobda, AQShga 50 ming markaziy osiyolik kirgan.

Vashingtonda markaziy osiyolik ayrim noqonuniy migrantlar terroristik kayfiyatdagi guruhlarning a‘zolari bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bildirilgan.

Теги :
Jamiyat