$
 12831.13
-55.77
 14542.80
-82.54
 161.07
0.2
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

20 ming nafar migrant Rossiyadan deportatsiya qilindi

Deport

Rossiya ichki ishlar vazirligi vakili Irina Volk "Нелегал – 2024″operatsiyasi yakunlangani haqida telegram sahifasida xabar berdi. Operatsiya har yili Rossiya ichki ishlar vazirligi (МВД), Rossiya Xavfsizlik xizmati (ФСБ) va Rosfinmonitoring tomonidan jamoaviy xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ОДКБ) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

"Нелегал – 2024" ning maqsadi

 «Нелегал – 2024″operatsiyasining maqsadi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan ushbu sohada ishlaydigan xalqaro va mintaqalararo aloqalarga ega uyushgan jinoiy guruhlar va jinoiy jamoalarning faoliyatini to’xtatish, deb ma’lum qildi Rossiya IIV.

Operatsiyaning yakuniy natijalari

Vazir Vladimir Kolokoltsev Rossiya ichki ishlar vazirligi majlisida "Нелегал – 2024″ operatsiyasi doirasida 106 mingdan ortiq migratsiya qonunchiligining buzilishi holatlari aniqlanganini, ma’muriy chiqarib yuborish va deportatsiya qilish to’g’risida 20 mingta qaror qabul qilinganligini, noqonuniy migratsiyani tashkil etish bilan bog’liq 4 mingdan ortiq jinoyat ishi qo’zg’atilganini ma’lum qildi. Shuningdek, davlat chegarasini noqonuniy kesib o’tish, qurol, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog’liq 684 ta jinoyat ishi qo’zg’atilgani xabar berildi.

Muhojirlar sodir etgan jinoyatlar

Maʼlumot uchun, 2024-yilning sakkiz oyi davomida Rossiyada 20 296 xorijiy fuqaro 26 422 ta jinoyat sodir etgan.

2024-yilning olti oyida xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 1,7 million ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 44,6 % ko‘pdir.

Rossiyada taxminan 10 million kishi mehnat shartnomalarisiz ishlaydi, ularning 10 % dan ko‘prog‘i xorijiy fuqarolar.

Теги :
Jamiyat