Futbol jamoalari bir yilda qancha daromad qila oladi?
“Manchester Siti” matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida klubning yillik daromadini e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Siti” matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida klubning yillik daromadini e’lon qildi.
"Manchester Siti"
“Manchester Siti” ma’lumotlariga ko‘ra, klub 2023/24 yilgi mavsumda 715 million funt daromad oldi va o‘tgan mavsumdagi o‘z liga rekordini (712,8 million funt) yaxshiladi. Qayd etilishicha, jamoaning sof foydasi 73,8 million funtni tashkil qilgan.
Hamma jamoa ham daromad qilavermaydi
Ma’lumot uchun, APL da klublarning ko‘pchiligi har yili zarar bilan chiqadi. Masalan, quyidagi fotoda klublarning 2022/2023-yillardagi sof foyda/zarar moliyaviy hisoboti ko‘rsatilgan. Sof foyda - klubning operatsion daromadi/zarari (tushum-xarajatlar), futbolchilarni sotishdan tushgan daromad, mulkdan foyda va foiz to‘lovlari asosida hisoblangan.
Umumiy vaziyat tahlili
2022/2023 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra jamollar quyidagicha natija qilgan:
- “Brayton” £123 millionlik sof foyda bilan eng yaxshi natijaga ega.
- “Chelsi” va ”Aston Villa” katta zarar ko‘rgan (mos ravishda -£90 mln. va -£120 mln.).
- “Manchester Siti” £80 ml.n foyda bilan yuqori o‘rinda, ”Manchester Yunayted” esa -£29 mln. zararga uchragan.
- “Liverpul” £7 mln. zarar bilan yaxshi balans saqlagan.
Umumiy holat esa quyidagicha:
- Jami operatsion zarar: £1,288 mln.
- Jami sof zarar: £710 mln.



