$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Ekologik jinoyat: “Moderno Techno” uy qurish uchun daraxtlarni yoqishgacha bordi

yong yong'in

Ko‘p qavatli uy quruvchi “Modern Techno” daraxtlarni yoqib yubordi. Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumanida daraxtlar yoqilgani yuzasidan ma’lumot berdi.

Yong‘in uyushitirilganmidi?

Qayd etilishicha, ma’sullar tomonidan Mirzu Ulug‘bek tumanida o‘rganish ishlari olib borilgan. Natijada, “Kamolot” MFYsi 142 va 144-uylar oralig‘idagi temir tunuka to‘siqlar bilan o‘rab olingan hududda yong‘in chiqqanligi aniqlangan.

Tabiatga yetkazilgan zarar

O‘rganish davomida jami 69 tup daraxtlar shikastlanganligi, shundan 19 tup qimmatbaho va 50 tup kamyob daraxtlar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

MChJ mas’uli aloqaga chiqmagan

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rab olingan hudud “Modern Techno” MChJga qarashli. Hududga ma’sul shaxs voqea joyiga kelmaganligi sababli, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga qonuniy baho berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarga yuborildi.

Теги :
Jamiyat