Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +22° kechasi +9°

Toshkent viloyatida yo‘l bo‘yiga ekilgan 18 000 tup daraxt qurib qolgan

Ekologiya vazirligi vaziyatni o‘rganib chiqib, bu haqida ma’lumotlarni taqdim qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida yo‘l bo‘yiga ekilgan 18 000 tup daraxt qurib qolgan

Ekologiya vazirligi bergan ma’lumotlar

Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlari hududidan o‘tuvchi M-39 "Toshkent – Termiz" avtomobil yo‘li mintaqasida manzarali daraxt ko‘chatlar qurib qolgani xabar qilingan edi. Ekologiya vazirligi vaziyatni o‘rganib chiqib quyidagicha ma’lumot berdi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chatlarning 18000 tupi, ya’ni 38% qurib qolganligi aniqlangan.

Bundan tashqari yo‘lning har ikkala qismidagi 73 tupdan ortiq ko‘p yillik daraxtlarning tabiiy omillar ta’sirida qurigan shohlari sanitar tartibda qoldirildi.

E’tiborsizlikka javobgarlik mavjud

Zangiota tuman "Turkiston MFY hududidan o‘tgan qismida "Nurli diyor" MCHJ tomonidan ekilgan 1500 tup terak ko‘chatlarning 500 tupi sug‘orilmaganligi natijasida qurib qolganligi aniqlandi. Holat bo‘yicha korxona vakillariga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Parvarishlash ishlari ham o‘rganildi

Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi 25 km masofasida ekilgan ko‘chatlar va mavjud daraxtlarning parvarishi o‘rganildi. 

Chinoz tumani hududidan o‘tuvchi 45 km masofasida ekilgan ko‘chatlar va mavjud daraxtlarning parvarishi o‘rganilganda fermer xo‘jaliklari va korxonalar tomonidan ekilgan ko‘chatlarning 14 ming tupdan ortig‘i qurib qolganligi aniqlandi. Barcha holatlar bo‘yicha inspeksiya tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.