$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Tadqiqot: Daraxtlarning o‘sishini tezlatuvchi yangi gen ishlab chiqildi

daraxt

Illinoys universiteti hamda Ok-Rij milliy laboratoriyasi mutaxassislari teraklarda fotosintez samaradorligini oshirib, ularning o‘sishiga sababchi bo‘lgan genni kashf etishdi. Ilmiy tadqiqot natijalari Developmental Cell jurnalida e’lon qilindi.

Yangi gen fotosintez faolligini tezlatuvchi oqsil miqdorini oshirgan

Booster deya nomlangan bu gen fotosintez uchun javob beruvchi hujayra tuzilmalari — xloroplastlar bilan bog‘liq. U atmosferadan karbonat angidridni so‘rib o‘simliklarning fotosintez faolligini tezlatuvchi oqsil miqdorini oshiradi.

Shuning bilan birga, issiqxonalarda o‘tkazilgan tajribalarda booster geni ekspressiyasi oshirilgan teraklar boshqa teraklarga qaraganda 37 foiz balandroq o‘sdi. Dala sharoitidagi tajribalarda ham ushbu gen ekspressiyasi yuqori genotiplar biomassasining sezilarli oshishi bilan ajralib turdi.

Kashfiyot  kelajakda qishloq xo‘jaligi uchun muhim omilga aylanishi mumkin

Booster boshqa xil o‘simlik — arabidopsisda ham sinab ko‘rildi. Unda ham biomassa o‘sishi va urug‘dorlik oshdi, bu esa gendan boshqa o‘simliklarda ham foydalanish imkoniyatlari borligini ko‘rsatmoqda.

“Bu hali birinchi qadamlar, agar biz kattaroq ko‘lamda natijalarga erishsak, booster qishloq xo‘jaligi va bioenergetik o‘simliklar sohasida hosildorlikni oshirishda muhim omilga aylanadi”, — dedi loyiha rahbari, professor Stiven Byorjess.