Ronalduning qiymati o‘zbek futbolchisiniki bilan teng bo‘lib qoldi
Transfermarkt Saudiya Arabistoni Pro ligasi bo‘yicha yangilangan narxlarni e’lon qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

Transfermarkt Saudiya Arabistoni Pro ligasi bo‘yicha yangilangan narxlarni e’lon qildi.
Ronaldu va Otabek Shukurov
Transfermarktning yangilangan holatiga ko‘ra, Krishtiano Ronalduning narxi 3 million yevroga pastlagan va endilikda u 12 million yevroga baholanmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi va "Al Feyha" klubi yarim himoyachisi 400 ming yevroga arzonlashdi va hozirda 1,8 mln yevroga baholanmoqda.
Abduqodir Husanov
Qiziqarlisi, bundan bir necha kun avval portal Fransiya chempionatida faoliyat yuritayotgan futbolchilarning transfer bahosini ham yangilagan edi. Unga ko‘ra, Abduqodir Husanovning transfer bahosi 5 million yevrodan 12 million yevroga ko‘tarilgandi. Bu orqali Husanov endilikda Transfermarkt saytida Ronaldu bilan bir xil qiymatda baholanadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Husanov Abbosbek Fayzullayev (6 mln yevro) va Eldor Shomurodovni (5 mln yevro) ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi.



