Endilikda Mudofaa vazirligi kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi
Hukumatning “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

13-yanvar kuni hukumatning. “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga muvofiq, endilikda Mudofaa vazirligi kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin.
Mudofaa vazirligi harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi
Ma'lum qilinishicha, kosmik faoliyatni amalga oshirishning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi kosmik faoliyat sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi kosmik faoliyat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Shuning bilan birga, Mudofaa vazirligi mamlakat mudofaasi va xavfsizligi manfaatlarini ko‘zlagan holda, kosmik faoliyat imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek harbiy kosmik texnologiyalarni yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Kosmik tizimlarning turlari
Yerni masofadan zondlash;
kosmik monitoring;
davlat kosmik monitoringi;
kosmik aloqa tizimi;
yuqori aniqlikdagi sun’iy yo‘ldosh navigatsiya tizimi;
kosmik tizimlarning ilmiy, iqtisodiy, ekologiyaga, axborotga va tijoratga oid maqsadlarda, shuningdek O‘zbekistonning xalqaro shartnomalariga muvofiq yaratilgan boshqa turlari.



