$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yilda 3837 nafar korrupsioner shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

korrupsiya corruption

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Oliy sud taqdim etgan ma’lumotlar asosida 2024-yilning 1-yarim yilligidagi korrupsiyaga oid jinoyatchilik tahlil qilindi.

Ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan

Joriy yilda (2023-yilning birinchi yarim yilligi bilan taqqoslaganda) ayrim soha va yo‘nalishlarda korrupsiyaga oid jinoyatchilik kamaygan.

Jumladan:

- tijorat banklarida 146 (186);

- Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 145 (177);

- huquqni muhofaza qiluvchi organlarda 122 (128);

- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida 52 (64);

- Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tizimida 30 (40);

- Qishloq xo‘jaligi vazirligida tizimida 30 (33) korrupsion jinoyatlar sodir etilgan.

Jinoyatlar soni ortgan sohalar

Shu bilan birga, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimining 285 (237), davlat ulushi mavjud korxonalarning 103 (153), mahalliy hokimliklarning 133 (119) nafar xodimlari tomonidan sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlar soni ortgan.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar

Ma’lumot uchun, 2023-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 6 535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, 2022-yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar shaxslar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida davlat organlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida 93 ta vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytlarida monitoringdan o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 44 ta taqdimnomalar yuborilgani aytib o‘tilgandi.

Shuningdek, munozaralar davomida Milliy ma’ruzada 566 nafar shaxs korrupsion jinoyatlar bo‘yicha qayta sudlangani qayd etilgani, lekin ma’ruzada agentlik tomonidan ularga nisbatan qanday chora ko‘rilgani, bu borada qonunchilikka qanday o‘zgartishlar kiritish lozimligi bo‘yicha takliflar bildirilmagani qayd etilgan edi.