$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Korrupsiya uchun sudlangan shaxslar Maktabgacha va maktab ta’limi, bank va sog‘liqni saqlash tizimlarida eng ko‘p uchramoqda

korrupsiya

2023-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 6 535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida maʼlum qilindi.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish 12 foizga kamaygan

Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 6 535 nafar shaxs korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar shaxslar soni 879 nafarga yoki 12 foizga kamaygan. 

Sudlangan shaxslarning sohalar kesimidagi tahlili eng ko‘p Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, bank sohasi va sog‘liqni saqlash tizimi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

93 ta vazirlik va idoralarda kamchilik mavjud

Yig‘ilishda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida 93 ta vazirlik va idoralar rasmiy veb-saytlarida monitoringdan o‘tkazilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 44 ta taqdimnomalar yuborilgani aytib o‘tildi.

Milliy ma’ruza taqdim etilishi yildan-yilga kechikmoqda

Deputatlarning aytishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruzaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilishi yildan yilga kechikmoqda. Agar bu qonun bilan tartibga solinmasa, ya’ni milliy ma’ruzani taqdim etish muddati aniq belgilanmas ekan, bunday holat yana takrorlanishi mumkin.

Munozaralar davomida Milliy ma’ruzada 566 nafar shaxs korrupsion jinoyatlar bo‘yicha qayta sudlangani qayd etilgani, lekin ma’ruzada agentlik tomonidan ularga nisabatan qanday chora ko‘rilgani, bu borada qonunchilikka qanday o‘zgartishlar kiritish lozimligi bo‘yicha takliflar bildirilmagani qayd etildi.