Elektron sigaretalar CoVIDga oʻxshash yangi kasallikni keltirib chiqarmoqda
Koronavirus simptomlaridan farq qiluvchi alomatlardan biri ovqat hazm qilish tizimining buzilishi hisoblanadi.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya sog'liqni saqlash vazirligi EVALI deb nomlangan COVIDga o'xshash yangi kasallik haqida xabar berdi, bu veyp tufayli yuzaga keladi. Bu haqda vazirlikning Telegram kanali orqali xabar berildi.
Oʻtkir oʻpka shishi
“EVALI – elektron sigaretlardan foydalanish oqibatida yuzaga keladigan oʻtkir oʻpka shikastlanishi. Kasallikni oʻrganish koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kelib chiqqan simptomlarning oʻxshashligi sababli sekinlashdi va uni aniqlash darajasi oʻsishni toʻxtatdi, ammo bu veyp foydalanuvchilari uchun uning xavfini kamaytirmaydi”, deyiladi hisobotda.
Kasallik simptomlari qanday?
Kasallik simptomlari koʻp jihatdan koronavirus infeksiyasiga oʻxshaydi – isitma, umumiy holsizlik va bezovtalik, yoʻtal va nafas qisilishi, oʻpkada patologik oʻzgarishlar sodir boʻladi.
Koronavirusdan farqli oʻlaroq, EVALIning birinchi alomatlaridan biri odam ovqat hazm qilish tizimining buzilishi hisoblanadi.



