$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Muntazam ko‘k choy iste’mol qilish bosh miya salomatligini yaxshilaydi

choy

Yaponiyalik olimlar 65 yoshdan oshgan 8766 kishidan olingan ma’lumotlarni tahlil qildi. Ular ko‘k choyni muntazam iste’mol qilish va yoshi ulug‘ odam bosh miyasining oq moddasida o‘zgarishlar o‘rtasida bog‘liqlikni o‘rgandi.

Ko‘k choy miyadagi oq moddalarning shikastlanishini kamaytiradi

Ma’lum qilinishicha, ko‘k choy tarkibidagi antioksidantlar va yallig‘lanishga qarshi moddalarning miya oq moddasini himoya qilishi va uning shikastlanishini kamaytirishi aniqlangan. Bu miya salomatligini uzoqroq saqlashga yordam berishi mumkin. Xususan, har kuni uch piyola ko‘k choy (600 ml) ichgan odamlarda bir piyola (200 ml) ichganlarga qaraganda oq moddaning zararlanishi 3 foizga kamroq bo‘lgan. Kuniga 7–8 piyola choy ichganlarda esa bir piyola iste’mol qilganlarga nisbatan bu ko‘rsatkich 6 foizga past bo‘lgan.

Tadqiqotchilar ko‘k choy tarkibidagi katexinlarning, xususan, epigallokatexin gallat kabi antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tomirlarning zararlanishini kamaytirib, miya salomatligiga foyda keltirishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Biroq aynan ushbu komponentlarning bunga sabab bo‘lishi va choyga aloqasi hali tasdiqlanmagan.