$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Chorvoqda gidroskuter haydovchisi boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Chorvoq

Joriy yilning 20-iyul kuni taxminan soat 13:30 da Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Burchmulla” MFY hududida joylashgan “Chorvoq suv ombori” havzasida sodir bo‘lgan suv-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi

Voqea tafsilotlari

19 yoshli Q.F. “Yamaxa” rusumli gidroskuterni haydab borayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va suv havzasida suzib yurgan katamaran suv-transport vositasiga borib to‘qnashgan. 

Oqibatda katamaran suv-transport vositasidagi 28 va 26 yoshli yo‘lovchilar voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishi qo'zg'atildi

Mazkur holat yuzasidan Q.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 260-moddasi (Temir yo‘l, dengiz, daryo yoki havo transportining harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizlik qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Bo‘stonliq tuman IIB tomonidan tergov olib borilmoqda.

FVVning ma’lum qilishicha, vafot etgan fuqarolar farg‘onalik, gidroskuterda boshqaruvni yo‘qotgan yigit esa zangiotalik bo‘lgan.

Transportlar bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar

Ma’lumot uchun, 2024-yilning 1-yarmidayoq transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun 1 601 nafar shaxs sudlanib, ularning 551 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 1 050 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Теги :
Jamiyat