Chorsu bozorida yirik yongʻin
Hozirgacha nimalar ma'lum?
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun, 28-iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan Chorsu bozori hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Toʻliq bartaraf etilgan
Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri va 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va yong‘in soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hech kim jarohat olmagan
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan. Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Hozircha alanga sababi noma’lum.
Yongʻinlarga boy yoz
Iyunning oʻzida Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida beshta savdo do‘konida yong‘in sodir boʻlgani, Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketgani, Chilonzorda yurib ketayotgan avtomobilda yongʻin chiqqani haqida ma’lumot bergan edik.



