$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

Eng ko‘p noqonuniy chiqindi poligonlari qaysi hududda?

Chiqindixona

Joriy yilning bugungi kuniga qadar “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan ekologiya yo‘nalishida kosmik monitoring olib borildi.

721 gektar maydonda noqonuniy chiqindixona mavjud

Natijalariga ko‘ra, Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud yekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 465,2 gektari yesa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd yetilmoqda.

Eng ko‘p noqonuniy chiqindi poligoni Toshkent viloyatida

Toshkent viloyati 363 ta noqonuniy chiqindi poligoni bilan antireyting yetakchisi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda 243 ta poligon bilan Qoraqalpog‘iston, uchinchi o‘rinda esa 216 ta poligon bilan Navoiy viloyati joylashgan. Ammo muammo faqat shu hududlar bilan cheklanadi deb o‘ylash noto‘g‘ri. Bu muammo har yerda mavjud bo‘lib, chiqindilar bilan ishlash tizimida jiddiy nosozliklarni ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida

·       Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar)

·       Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar)

·       Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar)

·       Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar)

·       Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar)

·       Qashqadaryo viloyati 81 ta (79b3 gektar)

·       Andijon viloyati 180 ta (42 gektar)

·       Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar)

·       Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar)

·       Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar)

·       Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar)

·       Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar)

Poligonlarning zararlilik darajasi qanday?

Qayd yetish lozim, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil yetilishi avvalo atrof muhit va ekologiyaga katta salbiy ta’sir o‘tkazib, tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavflidir. Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.

Теги :
Jamiyat