$
 12984.44
9.35
 13442.79
69.36
 129.90
2.27
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda vodiy hududlarida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 10 mingga yaqin huquqbuzarliklar aniqlandi

chiqindi

Respublikaning ko‘plab hududlarida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Situatsion markazi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralari orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda. Xususan, 2024-yilda Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi salbiy holatlar onlayn kameralarga muhrlandi.

Eng ko‘p qonunbuzarlik Namanganda

Unga ko‘ra, Namangan viloyatida 13 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan yilda jami 4 835 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Shundan 410 ta holatda huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilgan va jarima belgilangan. Qolgan 4425 ta qoidabuzarlikka nisbatan ham chora ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida o‘rnatilgan 34 ta kuzatuv kamerasi orqali o‘tgan yili jami 3 582 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 299 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 3283 ta qoidabuzarlik ijro jarayonida.

Respublika bo‘yicha bunday kameralarning soni qancha?

Farg‘ona viloyatida o‘rnatilgan 18 ta kuzatuv kamerasi orqali esa 2024-yilda jami 1 508 ta qoidabuzarlik qayd etilgan. Shundan 258 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 1 250 ta qoidabuzarlikka chora belgilanmoqda.

Maʼlumot uchun, bu kabi jami 250 ta onlayn kameralar respublikamizning deyarli barcha hududlarida o‘rnatilgan bo‘lib, nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.

Теги :
Jamiyat