$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Namanganda maktab va bog‘cha xodimlariga majburiy chipta sotgan shaxsga “hayfsan” berildi

chipta

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi maktab va davlat bog‘chasi xodimlariga bayram konsertiga majburiy ravishda chipta sotilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati izoh berdi.

Pullar qaytarib berildi

Maʼlum qilinishicha, tuman MMTB xodimi tomonidan o‘zboshimchalik bilan chiptalar sotilgani aniqlandi. Taʼlim muassasalari xodimlariga pullari qaytarib berildi. 

MMTB xodimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. 

“Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi umumtaʼlim muassasalarida nainki majburiy, balki asossiz va qonunga zid ravishda har qanday pul mablag‘lari yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligini bildiriladi”, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat