$
 12600.05
16.0
 13605.53
70.13
 143.17
-0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

"One Chip Challenge" chipsining xavfsizligi tekshirilmagan

chips

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida "One Chip Challenge" chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani, bu esa salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Fuqarolarni ushbu mahsulot bilan bog‘liq bir qator savollar qiziqtirmoqda.  

Rasmiy bayonot 

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, "One Chip Challenge" mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmagan. Ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmagan.  

Shu o‘rinda fuqarolarimizdan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid va iste’mol qilmaslik so‘raladi.

Sog'likka zararlari

Ma'lumot uchun, “One Chip Challenge” — dunyodagi eng achchiq qalampir navlari - Karolina Reaper va Naga Viper bilan tayyorlanadi. Uni iste'mol qilish aynan o'smirlar orasida trendga aylangan. Ushbu ozuqa iste'moli orqali yurak urishi tezlashishi va qon bosimi oshishi mumkin, bu esa yurak-qon tomir tizimi uchun xavf tug’dirishi mumkin. U hazm qilish tizimida ham bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, oshqozon va ichaklardagi kuchli tirnash oqibatida qorin og’rig’i, ko’ngil aynishini keltirib chiqarishi va hatto nafas olish bilan bog'liq qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. 

Hatto o'lim holatlari kuzatilgan

Dunyo bo'yicha “One Chip Challenge” tufayli kasalxonaga yotqizilgan ko’plab odamlar, xususan, vafot etganlar ham mavjud. Masalan, 2021-yilda bir nechta odamlar challenge'da ishtirok etib, jiddiy qorin og’rig’i va ko’ngil aynishi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 2023-yilda esa Aqshning Massachusets shtatida yashovchi 14 yoshli bolakay chips iste'molidan vafot etgan.

Теги :
Жамият