Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☁ +22° kechasi +9°

Elektr va gazga o‘rnatilgan 200 kvt cheklovlar qisqartiriladi

Prezident yig‘ilishda barcha sanoat korxonalari elektr va gaz limitidan oshib ketganda to‘lovlarning 2 baravar ko‘payishidan norozi bo‘layotganini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Elektr va gazga o‘rnatilgan 200 kvt cheklovlar qisqartiriladi

Barcha sanoat korxonalari elektr va gazga o‘rnatilgan limit oshib ketsa, to‘lov 2 karra ko‘p undirilayotganidan norozi bo‘lmoqda. Bu haqda Prezident yig‘ilishda ma’lum qildi.

Bazaviy tarif saqlanib qoladi

Sanoatimizning o‘sishiga ta’sir qiladigan bunday cheklovlar qisqartirilishi belgilandi. Endi elektr va gaz iste’moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste’mol 20 foizdan o‘tib ketsa, oshgan qismiga to‘lov 20 foiz qimmatlashadi.

Kommunal xizmatlarga to‘lov to‘xtatilmaydi

Tadbirkorlik reytingida “yuqori”, “o‘rta” toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Byudjetdan, kreditdan va boshqalardan qarzi bor tadbirkorlarni hisob raqamiga “inkasso” qo‘yilgani uchun, ular elektr, gaz va suvga to‘lov qila olmayapti. Vaholanki, ishlab chiqarish to‘xtamasa, qarzdorlik tezroq uziladi.

Endilikda “inkasso” bo‘lganda ham, kommunal xizmatlarga to‘lovlar to‘xtatilmaydi.