$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaning deyarli 50 ta hududida migrantlarni ishga olishga taqiqlar va cheklovlar kiritildi

Migrantlar

Rossiyaning deyarli 50 ta hududida migrantlarni ishga olishga taqiqlar va cheklovlar kiritildi, deb yozyapti “Vyorstka”. Bu taqiq va cheklovlar aynan Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga qaratilgani aytiladi.

Eng faol cheklovlar Krasnodar o‘lkasida

Eng shovvozlik qilayotgan hudud “Krasnodarskiy kray” bo‘libdi — u yerda migrantlarga 99 ta ish turida ishlash man etilgan. Tverskaya viloyatida 82 ta ish turiga kirish mumkinmas. Eng kam cheklov Voronejda — atigi 10.

Asosiy cheklovlar qaysi sohaga?

Eng ko‘p cheklovlar taksi va jamoat transporti sohalariga kiritilgan. Endi 47 ta regionda o‘zbek va tojiklar bu ishlarda ishlasholmaydi. 39 ta regionda migrantlarning savdo sohasida ishlashi, 12 tasida hatto kuryerlik qilishiga taqiq kiritilgan.14 ta regionda kommunal xizmatlarda ishlashga taqiq kiritilgani hayron qoldirdi. Endi ko‘chalarni kim supuradi va tomdan qorni kim tozalaydi?

Bu aynan o‘zbeklar va tojiklarga

Aziya plyus yozishicha, bu cheklovlar hind, pokistonlik yo vyetnamliklarga emas, aynan o‘zbek va tojiklarga qarshi kiritilgan. Bu siyosat Krokus-siti holldagi hujum ortidan boshlangan, lekin aytilishicha, ko‘p hududlarda rahbariyat kuch tizimlarining bu cheklovlarni kiritishlariga qarshi chiqishgan, chunki ishchi kerak.

Теги :
Jamiyat