Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +13° kechasi +9°

Sirdaryoda doʻkon sotuvchisi xaridor bolaga tarsaki tushirdi

Bolaning onasini sotuvchiga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻradi.

2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda doʻkon sotuvchisi xaridor bolaga tarsaki tushirdi

Sirdaryoda doʻkon sotuvchisi xaridor bolaga tarsaki tushirdi

Bolaning onasini sotuvchiga nisbatan qonuniy chora koʻrilishini soʻradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli bolani do‘kon sotuvchisi urgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat oʻrganilayotganini maʼlum qildi.

Bola soliq chekini soʻragani uchun kaltaklangan

Qayd etilishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Bolalar ombudsmaniga bolaning onasi D.J. murojaat qilgan. Murojaatga koʻra, farzandi (2011-yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi do‘konda xarid qilganda soliq chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirib, sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘radi.

Holat oʻrganilmoqda

Maʼlum boʻlishicha, bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart!

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali amalga oshirilganda xaridorga beriladi.

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.

Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.