$
 12972.08
15.08
 13223.74
-121.97
 126.61
-1.16
weather
+26
Кечаси   +14°

Samarqand shahri hududi kengaymoqda

samarqand shahri

Bugun bolib o'tgan Oliy Majlis qonunchilik palatasining navbatdagi yig'ilishida deputatlar Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Oqdaryo tumanining 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkaziladi

Qayd etilishicha, Samarqand shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turistik infratuzilmalarni jadal rivojlantirishni ta’minlash hamda servis xizmatlar turlari va sifatini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining taklifiga asosan, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullanganligi qayd etildi. Shuningdek, qaror loyihasida hududning chegaralarini o‘zgartirish va unda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Hukumatga kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

Kengaytirilgan hududda “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etiladi

Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda

254 ta ko‘p qavatli uy-joylar, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazlari, 50 ta ijtimoiy soha obyektlari, 89 ta ko‘ngilochar va savdo komplekslari hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.

Bu bilan bir qatorda, hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.

Majlisda qaror loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Теги :
Jamiyat