$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

ChatGPT qurol yaratish uchun xizmat qilmoqda

ChatGPT

OpenAI, ChatGPT sun’iy intellekti yordamida miltiq yaratishga uringan dasturchini blokladi. Bu haqda Gizmudo nashri ma’lum qildi.

Video ta’svirlar tarqaldi

Dasturchi ovozli buyruqlar yordamida miltiqni boshqarishga harakat qilgan va Reddit’da uning ishlashini ko‘rsatuvchi video tarqatilgan. Videoda miltiq tez va aniq javob berib, nishonga olish va o‘q otishni boshlaydi.


OpenAI taqiq qo‘ydi, lekin xavf hali ham mavjud

OpenAI vakillari, ishlab chiquvchiga bu faoliyatni to‘xtatish haqida xabar berilganini ma’lum qildi. Sun’iy intellektni qurol ishlab chiqarishda ishlatish tanqidchilarning asosiy tashvishi bo‘ldi.

Shu bilan birga, OpenAI sun’iy intellektni qurol yaratish uchun ishlatishni taqiqlasa ham, ochiq modellar va 3D bosib chiqarish xavflari mavjud. Bu esa uy qurilishi qurollarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tesla Cybertruck’ning ChatGPT yordamida portlatilishi

Bundan tashqari, 1-yanvar kuni Las-Vegasdagi Tramp mehmonxonasi yonida Cybertruck portlatilgan edi. Avtomobil haydovchisi buni amalga oshirish uchun ChatGPT’dan foydalangani aytilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlashdan sal oldin gumonlanuvchi ChatGPT’dan bomba qismlarini qayerdan sotib olish, uni qanday yig‘ish va ishga tushirish to‘g‘risida ma’lumot so‘ragan. Bundan tashqari 37 yoshli Mettyu L. Arizona shtatida mushakbozlikdan foydalanishning huquqiy holatini aniqlashga uringan.

Tesla kompaniyasi elektromobilining portlashi AQSH hududida portlovchi qurilma yaratish uchun ChatGPT’dan foydalanilgan birinchi hodisa bo‘lgan. Shundan so‘ng, sun’iy intellektga qarshi tanqidlar keskin kuchayib ketgan edi.

Sun’iy intellekt internetdagi bor ma’lumotlardan foydalangan

Shundan so‘ng, ChatGPT’ni yaratgan OpenAI kompaniyasi politsiyaning bayonotiga izoh bergan. Unga ko‘ra, chat-bot “zararli yoki noqonuniy xatti-harakatlar haqida ogohlantirib, internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etgan”. OpenAI “sun’iy intellekt vositalaridan mas’uliyat bilan foydalanishga intilishlari” va uning texnologiyalari “zararli ko‘rsatmalardan voz kechish uchun ishlab chiqilganini” ta‘kidladi.

Теги :
Jamiyat