$
 12195.50
15.63
 14049.22
-30.71
 149.71
1.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Sun’iy intellekt chaqaloq yig‘isini “tarjima” qila boshladi

chaqaloq

Yaponiyada Awababy nomli yangi ilova yaratilgan. Bu ilova sun’iy intellekt yordamida chaqaloq yig‘isini tahlil qilib, bola nima sababdan bezovta bo‘layotganini taxminan aniqlab beradi. Dastur ota-onalarga farzandining ehtiyojini tezroq tushunishga yordam beradigan vosita sifatida ishlab chiqilgan.

Ilova qanday ishlaydi

Ilova taxminan 150 mingta chaqaloq yig‘isi yozuvi asosida o‘rgatilgan. Dastur yig‘ining ohangi, balandligi va qancha davom etishini tekshiradi. Shundan keyin tizim bola nega yig‘layotganini aniqlashga harakat qiladi.

Chaqaloq yig‘isining sabablari

Awababy chaqaloqning 11 xil holatini aniqlashi mumkin. Masalan, bola och bo‘lishi, uxlamoqchi bo‘lishi, o‘zini noqulay his qilishi yoki e’tibor istashi mumkin. Ba’zan chaqaloq yolg‘iz qolganini sezib yig‘laydi yoki tana harorati o‘zgargani sabab bezovta bo‘ladi. Shuningdek, qorin og‘rig‘i (kolika yoki gaz) ham yig‘lashga sabab bo‘lishi mumkin. Dasturchilar aytishicha, ilova aniq tashxis qo‘ymaydi, faqat eng ehtimoliy sababni ko‘rsatadi.

Ota-onalar tajribasi ham ulashiladi

Ota-onalar o‘z tajribalarini ham ulashishi mumkin. Masalan, bolani qaysi usul bilan tinchlantirish mumkinligi haqida maslahatlar yozib qoldiriladi. Bu ma’lumotlar umumiy bazaga yig‘iladi va boshqa ota-onalarga ham foyda beradi. Sinovda qatnashgan ota-onalarning aytishicha, hatto taxminiy sababni bilish ham ularni ancha xotirjam qilgan.

20-apreldan boshlab ilovaning premium versiyasi Yaponiyaning Misima shahrida ikki yoshgacha farzandi bor oilalarga bepul taqdim etiladi.

Теги :
Jamiyat