$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi

roddom chaqaloq tug

2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga koʻra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ularning 492 nafari oʻgʻil boʻlsa, 548 nafari qiz bolalardir.

Eng koʻp tugʻilish qaysi viloyatda?

Eng koʻp tugʻilish Fargʻona viloyatida (154 nafar) qayd etildi. 

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi oʻrinlarni:  

Qashqadaryo viloyati (119 nafar), 

Toshkent shahri (112 nafar), 

Samarqand viloyati (101 nafar), 

Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.  

Eng kam tugʻilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga toʻgʻri keldi. 

E'tiborlisi, tugʻilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya'ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.  

Sifatli tibbiy xizmat va tibbiyot xodimlarining roli

 Ayni paytda shifokorlarimiz goʻdaklarning barchasiga belgilangan standartlar boʻyicha sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.

Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, tugʻuruq komplekslarida ham tibbiyot xodimlari ishlamoqda. Jumladan, bayram kunlari respublika boʻylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat koʻrsatmoqda.

Yillar kesimida tug‘ilish dinamikasi

Eslatib oʻtamiz, mamlakatimizda 2020 yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021 yilda — 1086 nafar, 2022 yilda — 1448 nafar, 2023 yilda — 1312 nafar, 2024 yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.

Теги :
Jamiyat