$
 11979.64
-41.58
 13901.17
-77.1
 167.52
-2.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Social by AKFA va Central Asian University bo‘lajak diagnostika markazining simulyatsion tadqiqotlari ikkinchi bosqichini o‘tkazdi

Cau

CAEx Uzbekistan maydonchasida Social by AKFA – bo‘lajak diagnostika markazining simulyatsion sinovlari ikkinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Markaz ochilishidan oldin real ish sharoitlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan holatda sinovdan o‘tkazilmoqda. Bemorlar oqimi, yo‘nalishlar, yuklama, raqamli infratuzilma va alohida HR-blok – klinik simulyatsiya orqali shifokorlarni tanlab olish sinovdan o‘tkazildi.

Central Asian University loyihaning akademik va tadqiqot hamkori sifatida ishtirok etdi: universitet tibbiyot maktabi talabalarini faol jalb qilmoqda, tibbiy ta’limning simulyatsiya formatini rivojlantiryapti va Social jamoasi bilan birgalikda ilmiy tahlil uchun ma’lumotlar to‘plamoqda. Tadqiqotlar seriyasi yakunida ilmiy ish tayyorlash va asosiy xulosalarni professional hamjamiyatga taqdim etish rejalashtirilgan.

Ikkinchi bosqichda simulyatsiya murakkablashtirildi: yanada realistik klinik ssenariylar, kengaytirilgan raqamli tahlil, shifokorlar ishi sifatini baholash va bo‘lajak markaz uchun tibbiy jamoani tanlashga oid alohida blok paydo bo‘ldi.

Asosiy maqsad – bo‘lajak klinikani ochilishidan oldin sinab ko‘rish: jarayonlar, jamoa, raqamli infratuzilma, klinik qarorlar sifati va tizimning real bemorlar oqimida ishlashga tayyorligini tekshirish.

Simulyatsion sinovlar ikki parallel yo‘nalishdan iborat.

Birinchi yo‘nalish – bo‘lajak diagnostika markazining qabulxona ishi faoliyatini modellashtirish. Maydonda bo‘lajak klinikaning asosiy unsurlari aks ettirilgan: ro‘yxatga olish, bemorning asosiy ko‘rsatkichlari qayd etiladigan hamshiralik postlari, shifokor maslahatlari, laboratoriya, radiologiya, funksional diagnostika, takroriy tashriflar va bemorning tizim ichidagi harakati.

Har bir ishtirokchi to‘liq klinik ssenariydan o‘tadi: shikoyatlar, anamnez, alomatlar va shifokor uchun vazifa. Mutaxassis ma’lumot to‘plashi, maslahat berishi, qaror qabul qilishi, dastlabki tashxis qo‘yishi va bemorni reglament bo‘yicha keyingi bosqichga yo‘naltirishi kerak.

Bunday format jamoaga qayerda navbatlar yuzaga kelayotganini, qaysi hududlarga ortiqcha yuklama tushayotganini, bemor har bir bosqichda qancha vaqt sarflashini va raqamli tizim bemor yo‘nalishini qay darajada qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rish imkonini beradi.

Social bosh direktori Murod Ahrorovning ta’kidlashicha, loyiha tadqiqot yondashuviga asoslanadi:

“Biz tibbiyot markazini ochishga ataylab tadqiqot orqali yondashmoqdamiz: avval jarayonlarni modellashtiramiz, ma’lumotlarni to‘playmiz va zaif nuqtalarni aniqlaymiz. Maqsadimiz – Social diagnostika markazini ishga tushirishdan oldin tizim, jamoa va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazishdir”.

Simulyatsiya davomida ma’lumotlar real vaqt rejimida yig‘ib boriladi. Tizim bemorning yo‘nalishini, kutish vaqtini, maslahatlar davomiyligini, turli zonalardagi yuklamani, bajarilgan va bajarilmagan ssenariylarni, shuningdek, yo‘nalishning to‘xtab qolish sabablarini kuzatib boradi.

Ushbu ma’lumotlar tahliliy hisobot tayyorlash va diagnostika markazi ochilgunga qadar uning bo‘lajak modeliga o‘zgartirishlar kiritish uchun foydalaniladi.

Simulyatsiyaning ikkinchi bloki Social by AKFA diagnostika markazi uchun shifokorlarni tanlab olishga bag‘ishlangan.

Nomzodlar odatiy suhbatdan emas, balki to‘liq klinik simulyatsiyadan o‘tadilar. Ular bemorlar bilan ishlaydilar, ssenariylarni bajaradilar, cheklangan vaqtda qaror qabul qiladilar, o‘z ko‘nikmalaridan foydalanadilar va ularni real ish vaziyatida qo‘llay olish qobiliyatini namoyish etadilar.

Tanlov doirasida klinik fikrlash, diagnostik ko‘nikmalar, muloqot, qaror qabul qilish tezligi, standartlarga rioya qilish va yuklamaga bardoshlilik baholanadi.

Bunday yondashuv markaz ochilishidan oldin jamoani shakllantirishga hamda nomzodlarning qaysi ko‘nikmalari allaqachon kuchli ekanini va qaysilari qo‘shimcha o‘qitishni talab etishini oldindan aniqlash imkonini beradi.

Shifokorlarni tanlash blokida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tahlili faol qo‘llaniladi. Asboblardan biri – sun’iy intellektga asoslangan shifokorning raqamli yordamchisi: maslahat paytida u suhbatni yozib oladi, nutqni aniqlaydi, shikoyatlar, alomatlar, anamnez va ko‘rsatkichlarni ajratib ko‘rsatadi, so‘ngra tizimlashtirilgan tibbiy yozuvni shakllantiradi.

Sun’iy intellekt maslahatni belgilangan mezonlar bo‘yicha baholashga yordam beradi: qabul tuzilmasi, axborot to‘plashning to‘liqligi, muloqot va standartlarga muvofiqlik. Bu subyektiv baho ulushini kamaytirib, saralash jarayonini yanada shaffof va o‘lchanarli qiladi.

Shu bilan birga, yakuniy baho kompleks tarzda – imtihon oluvchi, bemor, HR-komponenti, tibbiy jamoa va raqamli ma’lumotlar ishtirokida shakllantiriladi.

Bemorlar oqimi blokida IT-platforma bemorning butun yo‘nalishini kuzatib boradi: ro‘yxatga olish, qabulni kutish, maslahat davomiyligi, laboratoriya, radiologiya, funksional diagnostikaga yoki takroriy tashrifga yo‘naltirish. Agar stsenariy yakunlanmagan bo‘lsa, tizim yo‘nalishning qaysi bosqichda va nima sababdan to‘xtab qolganini ko‘rsatadi.

Ma’lumotlar har bir necha daqiqada yangilanib turadi, bu esa jamoaga zonalardagi joriy yuklama, navbatlar, o‘rtacha kutish vaqti va bemorlar taqsimotini ko‘rish imkonini beradi.

Central Asian University uchun ushbu loyiha alohida ahamiyat kasb etadi. Simulyatsiya tibbiy ta’limning yangi, noyob formatiga aylandi. Loyihaga CAU talabalari ham jalb etilgan. Ular klinika modeli ichida amaliyot o‘taydi: bemorlar bilan muloqot qiladi, shikoyatlarni to‘playdi, anamnezni tahlil qiladi, bemor yo‘nalishini kuzatadi hamda klinik qaror butun tizimga qanday ta’sir qilishini anglab yetadi.



Talabalar shifokorning bo‘lajak ishiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda qimmatli tajriba orttiradi. Bu format klinik amaliyotga, shifokorlar va tibbiyot talabalari uchun amaliy imtihonga hamda tibbiy muhitda mustaqil ishlashga tayyorgarlikni kuchaytiradi.

“Social by AKFA” simulyatsiyalarining ikkinchi bosqichi odatda alohida rivojlanadigan bir nechta yo‘nalishlarni o‘zida birlashtiradi: tibbiy ta’lim, klinikani operatsion boshqarish, raqamli tahlil, sun’iy intellekt, bemor tajribasi, kadrlar tayyorlash va tibbiy ekotizimni loyihalash.

“Social by AKFA” uchun bu – bo‘lajak diagnostika markazini ochilishidan oldin sinovdan o‘tkazish, ishga tushirish xavflarini kamaytirish va jamoani oldindan tayyorlash imkoniyatidir. Central Asian University uchun esa bu – sog‘liqni saqlash sohasida amaliy tibbiy ta’lim va tadqiqot dasturini yangi bosqichga olib chiqish demakdir.

Simulyatsion sinovlar loyihasining asosiy maqsadi – xatoliklarni ko‘rish uchun markaz ochilishini kutish emas, balki tizimni reallikka maksimal darajada yaqin sharoitlarda oldindan sinab ko‘rishdir.

+998 71 200 05 22

+998 77 403 30 03

@cauniversity.official

@social.akfa

Reklama huquqlari asosida