$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqarolar 70 ta tuman va shahar hokimliklari bilan bogʻlana olmasligi aniqlandi

Murojaat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi barcha tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) faoliyati samaradorligi oʻrgandi.

Fuqarolar tomonidan amalga oshirigan qo‘ng‘iroqlar javobsiz qolmoqda

Xulosaga koʻra, 70 ta tuman va shahar hokimliklarida qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, ular fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan qoʻngʻiroqlarni javobsiz qoldirgan.

Viloyatlar bo‘yicha taqsimot

Mazkur tuman va shahar hokimliklari viloyatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

·       Qashqadaryo viloyati – 11 ta tuman va shahar;

·       Andijon viloyati – 10 ta;

·       Toshkent viloyati – 8 ta;

·       Fargʻona viloyati – 7 ta;

·       Xorazm viloyati – 7 ta;

·       Namangan viloyati – 6 ta;

·       Samarqand viloyati – 4 ta;

·       Surxondaryo viloyati – 4 ta;

·       Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 4 ta;

·       Toshkent shahri – 3 ta;

·       Buxoro viloyati – 2 ta;

·       Sirdaryo viloyati – 2 ta;

·       Jizzax viloyati – 1 ta;

·       Navoiy viloyati – 1 ta.

9 ta tuman va shahar hokimliklari veb-saytlarida ishonch telefonlari ko‘rsatilmagan

Bundan tashqari, oʻrganishlar davomida 9 ta tuman va shahar hokimliklari (Asaka, Xiva, Oʻrta Chirchiq, Hovos, Uzun, Sariosiyo tumanlari va Buxoro, Navoiy, Bekobod shaharlari hokimliklari) rasmiy veb-saytlarida ularga tegishli boʻlgan ishonch telefonlari koʻrsatilmagan.

Qorovulbozor, Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari va Buxoro shahar hokimliklarining rasmiy veb-sayti ham ishchi holatida boʻlmagan.

Og‘zaki murojaatlar rad qilingan holatlar

Forish, Tomdi, Parkent, Soʻx, Qoraoʻzak, Xoʻjayli tumanlari va Guliston, Chirchiq shaharlari hokimliklarining telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilinganda esa masʼul xodimlar tomonidan ogʻzaki murojaat qoldirish imkoniyati mavjud emasligi maʼlum boʻlgan.

“Yuqoridagilarga koʻra, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini koʻrish boʻyicha taqdimnomalar kiritildi”, – deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat