Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 96 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +8°

Maktab va texnikum oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Buning uchun tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tgan, kamida 6 oylik tajribaga ega bo‘lishi, faoliyat uchun zarur jihozlarga ega bo‘lishi va hech qanday qarzdorligi bo‘lmasligi talab etiladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Maktab va texnikum oshxonalari tadbirkorlarga “E-auksion” orqali ijaraga beriladi

Hukumat qarori bilan (8-son, 11.01.2025 y.) Vazirlar Mahkamasining qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Tanlov asosida

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining132-sonqaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasbiy ta’lim tashkilotlari oshxonalarini tadbirkorlik subyektlariga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov asosida ijaraga berish;

“online-ijara.uz” axborot tizimi orqali ta’lim tashkilotlari oshxonalarining hisobini yuritish va ularni ijaraga berish;

ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlanish tashkil etilishini monitoring va nazorat qilish;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari nomlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish.

Shartlar qanday?

Quyidagi talablarga javob beradigan ijaraga oluvchilar tanlovda ishtirok etishlari mumkin:

tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tgan;

umumiy ovqatlanish bo‘yicha kamida 6 oy davomida faoliyat yuritayotgan;

oshxona faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha maxsus jihozlarga ega bo‘lgan;

shartnoma va sud hujjatlari bo‘yicha zimmasida ijara hamda soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan.