$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

2025-yilda byudjet qurilishi uchun avans tizimi joriy qilinadi

Qurilish

Joriy yilning 24-dekabr kuni “2025–2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Obyektlar uchun avans mablag‘lari ajratiladi

 Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan, byudjet tizimining byudjetlari hisobidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash ishlari boʻyicha oʻtkazilgan davlat xaridlariga asosan qurilish muddati uch oydan kam boʻlgan ob'ektlarga birinchi oyda ob'ekt qiymatining 30 foizi miqdorida avans mablagʻlari ajratiladi, keyingi toʻlovlar belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Ekspertiza tartibi sinov tariqasida joriy etiladi

 2026-yil 1-yanvargacha sinov tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarining qiymati BHMning 6 ming baravaridan ortiq boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha quyidagilar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi:

hajm, texnik va smeta qismi (narx qismidan tashqari) – “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan;

tovar, ish va xizmatlarning narx qismi –“Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK tomonidan;

BHMning 6 ming baravarigacha boʻlgan loyihalar (ob'ektlar) boʻyicha shaharsozlik hujjatlari “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish respublika markazi” DM tomonidan.

Raqamlashtirilgan tizim va elektron kataloglar yaratiladi

 2025-yil 1-aprelgacha qurilishi yakunlangan ob'ektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali shaffof tizim joriy etilishi ta'minlanadi.

2025-yil 1-iyulgacha namunaviy va takroriy qoʻllanadigan loyiha hujjatlari boʻyicha elektron kataloglarning yaratilishi hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilishi ta'minlanadi.

Теги :
Jamiyat