$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Kelgusi yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi

byudjet

24-dekabrda “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

Byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlanmoqda

Qonunga ko‘ra, 2025-yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

2025-yil uchun birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, birinchi darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika byudjetidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2025-moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

2025-yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari ma’lum qilingan

2025-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

Mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;

Tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;

Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.

Qonun 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.