$
 12555.16
-25.11
 13430.25
-16.8
 147.69
2.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Jizzaxda BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi

positive

Jizzaxda BYD zavodidan ilk elektromobillar chiqdi

160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi amalga oshdi.

Avtosanoatda yangi bosqich

Elektromobil sanoati avtomobillar kelajagida katta o'rin egallashi mumkin. Shu maqsad bilan prezidentning yanvar oyidagi Xitoyga tashrifi chog'ida ish boshlagan zavod o'z natijalarini ko'rsata boshladi.

Bu qiymati 160 million dollarlik loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Qo‘shma korxona zamonaviy sanoat infratuzilmasi bilan ta’minlandi. Qariyb 2 kilometr temir yo‘l tortildi. Ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash uchun butlovchi qismlar ombori, 1 ming 200 ta konteyner sig‘imiga ega logistika markazi qurildi.  

Zavod Xitoy texnologiyalari asosiga qurilgan

Zavodga Xitoydan robotlashtirilgan tizimlar va uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Ishlab chiqarish jarayoni avtomatlashtirilgan. Elektromobilning geometrik o‘lchamlarini yuqori aniqlikda tekshiruvchi laboratoriya tashkil qilingan.

Kelgusi yillarda zavodda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan. 

Tajribali ishchilar

Korxonada 1 ming 200 kishi ishlaydi. O‘tgan yili 200 nafar xodim "Uzautomotors" zavodlarida malaka oshirgan. Bu yil yana 92 nafar mutaxassis Xitoyning Sian va Chansha shaharlarida sifat nazorati, texnologiya, ta’minot, uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda malaka oshiradi.

Теги :
Жамият