Payshanba, 29-oktabr, 2026
Havo 120 sezgirlar uchun zararli Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +10°
Читать на русском

Bugun Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketadi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti 29-oktabr kuni Turkiyada boshlanadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadigan uchrashuvda davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29–30-oktabr kunlari Turkiyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi. Tashrif davomida davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida qatnashadi.

Sammit Turkiyada o‘tkaziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Anqara shahrida bo‘lib o‘tadigan sammit “Turk asri: tilda, fikrda va ishda birlik” mavzusiga bag‘ishlanadi.

Savdo, investitsiya va transport hamkorligi muhokama qilinadi


Sammit kun tartibidan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish, transport-logistika tizimini rivojlantirish hamda madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarni mustahkamlashga e’tibor qaratiladi.


Shuningdek, turizm, ekologiya va ta’lim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilinadi


Sammit doirasida delegatsiyalar rahbarlari xalqaro hamda mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.


Uchrashuv yakunida Anqara deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator qo‘shma qaror va hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.