$
 12694.97
40.84
 14878.50
60.51
 161.60
0.42
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Oilasining 4 a’zosini chavoqlab o‘ldirgan qotilning shaxsi ochiqlandi

Rajabboyev

Kuni kecha Nyu Yorkda 4 nafar o‘zbek o‘z uyida o‘ldirib ketilganligi, gumonlanuvchi esa oilaga begona emasligi haqida ma’lumot bergan edik. Nyu York politsiyasi 21-iyul kuni Bruklindagi qotillikni sodir etgan 24 yashar erkakka qarshi rasmiy ayblovni e’lon qildi. Qotillikni amalga oshirgan shaxs Shaxboz Rajabboyev ekanligi aniqlanib, matbuotga ochiqlandi. Shahboz Rajabboyev 19-iyul kuni Nyu-Yorkning Bruklin shahrida 56 yashar onasi, akasining 27 yashar xotini va 4 hamda 5 yoshli jiyanlarini pichoq bilan chavoqlab tashlagani Amerika jamoatchiligini dahshatga soldi. 

Oila qotiliga jami 200 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin

Rajabboyevga qarshi 4.1 va 4.2-darajali qotillikni amalga oshirganlik ayblovi qo‘yildi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida qotillik darajalarga qarab kvalifikatsiya qilinadi. Odam o‘ldirishning eng og‘ir turi - 1-darajali qotillik, ya’ni Felony Capital Murder. Bu qasddan odam o‘ldirishdir. 2-darajali qotillik - jahl ustida, rejalashtirmagan holda odam o‘ldirishga aytiladi. Ba’zi hollarda qotillik tafsilotiga qarab, inson birdaniga bir inson o‘limi uchun 1 va 2-kategoriyada qotillikni amalga oshirishda ayblanishi mumkin. Nyu York Amerikaning o‘lim jazosi qo‘llamaydigan shtati hisoblanadi. Bu jinoyat uchun Rajabboyev har bir 1-toifa qotilligi uchun 25 yildan umrbod qamoq jazosi, hamda 2-toifa qotillikning har biri uchun 25 yilgacha qamoq jazosi, jami 200 yil qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Rajabboyev haqida avval ishonilgan ma’lumotlar yanglish bo‘lib chiqdi

Nyu York Post nashri oila qo‘shnilariga tayanib bergan ma’lumotida gumonlanuvchining ruhiy nosog‘lom bo‘lishi mumkinligi va giyohvand moddalar iste’mol qilishini keltirib o‘tgan edi. Biroq Shahboz Rajabboyevning ruhiy sog‘lom va narkoman bo‘lmagan holda jinoyatga qasddan atayin qo‘l urganligi uning tarmoqdagi digital izlaridan ma’lum bo‘ldi. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan kelib chiqilsa, Rajabboyev Amerikaning eng yirik banklaridan biri bo‘lmish - Bank of America bankida linux developer vazifasida ishlagan degan xulosa chiqadi.

Oila AQShda 10 yildan ortiq vaqt davomida yashab kelgan

Bruklin ofitserlaridan birining norasmiy bayonotiga ko‘ra, bu oila O‘zbekistondan Amerikaga 2013-yilda Grin karta orqali ko‘chib borgan va 10 yildan ortiq vaqt davomida Bruklinning g‘arbidagi 8-ko‘chada istiqomat qilib kelgan. Qotillik sabablari prokuror tarafidan sudda ochiqlanishi kutilmoqda.